
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon Donald Tramp bilan suhbatda Anqara Ukraina boʻyicha muzokaralarda yana vositachilik qilishga tayyorligini bildirdi.

Eron TIVi Hormuz boʻgʻozida normal kemalar qatnovini ikki kunda tiklash rejasi eng tezkor boʻlib qolayotganini bildirdi. Uni amalga oshirish AQShga bogʻliq.

5 noyabr kuni Maskatda Oʻzbekiston va Ummonning madaniy aloqalariga bagʻishlangan uchrashuv boʻldi. Unda umumiy maʼnaviy meros muhokama qilinib, hamkorlik memorandumlari rasmiylashtirildi.

III chorakda Saudi Aramco 35 foiz koʻproq sof foyda oldi — 135,94 mlrd riyal. Infratuzilma shikastlangani sabab qazib olish 11,046 mln barrel neft ekvivalentiga tushdi.

Abu-Dabining milliy neft kompaniyasi ADNOC ChatGPT ishlab chiquvchisi — OpenAI kompaniyasi — va G42 texnologik guruhi bilan uzoq muddatli kelishuv tuzdi.

Xolid bin Salmon Pit Hegset bilan mudofaa hamkorligi, keskinlikni kamaytirish va husiylarning Saudiya Arabistoniga hujumlari haqida suhbatlashganini maʼlum qildi.