Aroqchi Eronning Qatar vositachiligida Ormuz boʻgʻozi boʻyicha muzokaralarni davom ettirayotganini maʼlum qildi
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Qatar vositachiligi orqali AQShning Ormuz boʻgʻozida kemalar qatnovini qayta tiklash haqidagi takliflari yuzasidan aloqalar davom etayotganini maʼlum qildi. Vazirlik rahbari taʼkidlaganidek, boʻgʻozni ochish shartlari Tehron uchun oʻzgarmagan.
2-noyabr, 13:48По-русски

commons.wikimedia.org — kremlin.ru
1 noyabr kuni u maslahatlashuvlar hozircha aniq natija bermaganini aytdi. Yaqin Sharq ommaviy axborot vositalari uning soʻzlarini keltirmoqda: keyingi muhokamalar boshqa tomonning Tehron savollariga beradigan javoblariga bogʻliq.
Avvalroq Eron tomoni AQSh bir nechta talabni, jumladan, dengiz blokadasini bekor qilish talabini bajarsa, yetti kun ichida boʻgʻoz orqali kemalar qatnovini qayta tiklashni taklif qilgan edi.
Yana oʻqing

Erdoʻgʻon Ukraina masalasini hal etishda yana vositachilikni taklif qildi
Yaqin Sharq18:54
Tehron Hormuzda kemalar qatnovi boʻyicha takliflarini eng samarali deb hisoblaydi
Yaqin Sharq16:43
