Blackstone boshchiligidagi investorlar Mitsubishiʼning LNG Canada loyihasida hamkoriga aylandi
Blackstone boshchiligidagi investorlar guruhi Mitsubishi Corp.ning LNG Canadadagi ulushiga ega shoʻba tuzilmasining 49,9 foizini 3,1 mlrd dollarga sotib oldi.

Blackstone 2-noyabr kuni oʻzi boshchiligidagi investorlar guruhi Mitsubishi Corp.ning LNG Canadadagi ulushiga egalik qiluvchi shoʻba tuzilmasining 49,9 foizini sotib olganini maʼlum qildi. Bitim qiymati 3,1 mlrd dollarga yetdi.
Shoʻba tuzilma loyihaning 15 foiziga egalik qiladi. Bunda Mitsubishi nazorat qiluvchi hamkor maqomini saqlab qoladi va suyultirilgan tabiiy gazni olish huquqiga ega boʻladi. Sentyabr oyida LNG Canada ishtirokchilari ikkinchi bosqichga investitsiyalarni yakuniy maʼqulladi: bu bosqich zavod quvvatini ikki baravar oshirishi kerak, uning liniyalarini esa 2030-yillarning boshida ishga tushirish rejalashtirilgan.
Yana oʻqing

Binance: xakerlar kriptodagi 6,3 mlrd dollarni soxta suhbatlar orqali oʻgʻirladi
Osiyo4-noyabr, 11:11
AQSh koʻmagidagi konsorsium Pokistonda $4,4 mlrdlik LNG terminali qurishni taklif qilmoqda
Osiyo3-noyabr, 15:21
