Oʻzbekiston haqidagi nashrlar Garvard universiteti kutubxonasiga topshirildi
3-noyabr kuni Garvard universiteti kutubxonasi fondi zamonaviy Oʻzbekistonning transformatsiyasi, rivojlanishi va merosi haqidagi nashrlar bilan toʻldirildi.

Topshirilgan nashrlarning bir qismi davlat rahbari qalamiga mansub. Kembrijga Shavkat Mirziyoyevning mamlakatning «yashil» rivojlanish yoʻli haqidagi kitobining ingliz tilidagi versiyasi, shuningdek, uchta tasviriy albom yuborildi. Birinchi albom Prezidentga davlat arbobi sifatida bagʻishlangan, ikkinchisi «Mustaqillik tantanasi» deb nomlangan, uchinchisida esa Oʻzbekiston tinchlik, insonparvarlik va bagʻrikenglik mamlakati sifatida taqdim etilgan.
Kitoblarda soʻnggi yillardagi transformatsiyalar, tashqi siyosat yoʻnalishi, ekologiya masalalari hamda davlat siyosati asoslanadigan insonparvarlik qadriyatlari yoritilgan. Xorijlik tadqiqotchilar, oʻqituvchilar va talabalar ular orqali respublikaning oʻtmishi va bugunini oʻrganish imkoniga ega boʻladi.
Garvard kutubxona tizimi 1638-yildan buyon faoliyat yuritadi. Hozir u 25 dan ortiq kutubxona va boʻlinmani oʻz ichiga oladi, uning fondi esa 460 dan ziyod tildagi 20 mln dan ortiq saqlov birligidan iborat.
Noyob kitoblar va qoʻlyozmalar uchun masʼul boʻlgan Xoughton kutubxonasi xodimi Kristina Jeykobson yangi kelib tushgan nashrlar Gʻarb olimlarining Oʻzbekiston haqidagi tasavvurlarini kengaytiradi, deb hisoblaydi.
NNT «Barqaror rivojlanish markazi» boʻlimi rahbari Avazbek Xolbekovning soʻzlariga koʻra, mamlakat tajribasi va maʼnaviy anʼanalari haqidagi shu kabi kitoblar avvalroq BMT platformasida ham taqdim etilgan. U Garvard rahbariyatiga nashrlarga qiziqish bildirgani va ularni universitet muhitida targʻib qilayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Bunday loyihalar tufayli dunyoning yetakchi kutubxonalarida Oʻzbekiston haqidagi materiallar tobora koʻpaymoqda va olimlarga ulardan oʻz ishlarida foydalanish osonlashmoqda.
Yana oʻqing

4Minute guruhining sobiq aʼzosi Jeon Jiyoon turmushga chiqadi
Odamlar va madaniyat4-noyabr, 19:39
Capcom «Street Fighter» filmining kassadagi startini qayd etdi va franshizani rivojlantirishga tayanmoqda
Odamlar va madaniyat3-noyabr, 13:14
