Huawei Windowsʼsiz, Kirin X90 asosidagi HarmonyOS kompyuterini tayyorlamoqda
Huawei 5-noyabr kuni Kirin X90 protsessorli HM650 stol kompyuterini taqdim etadi. Kompyuter versiyasiga 21 000 dan ortiq ilova moslashtirilgan.

Huawei 5-noyabr kuni oʻzining HarmonyOS operatsion tizimida ishlaydigan HM650 stol kompyuterini taqdim etadi. Kompaniya operatsion tizimning kompyuter versiyasi uchun ilovalar soni 21 000 dan oshganini aytmoqda — ular orasida ofis, sunʼiy intellekt, taʼlim, koʻngilochar va kontent yaratish dasturlari bor.
Kompyuter Kirin X90 protsessoriga asoslanadi. Huawei sovitish tizimi uzoq davom etadigan yuqori yuklamalarda qurilmaning barqaror ishlashiga imkon beradi, deb hisoblaydi. Kompyuterdan ofis vazifalari, muhandislik loyihalash, modellashtirish va dasturlash uchun foydalanish rejalashtirilmoqda.
Huaweiʼning qoʻllab-quvvatlash sahifasida HM650g modeli uchun 16 GB tezkor xotira va maʼlumotlarni saqlash qurilmalarining bir nechta varianti koʻrsatilgan. Konfiguratsiyalar, narxlar va sotuvlar boshlanadigan muddat taqdimotda eʼlon qilinishi kerak.
Yana oʻqing

Oʻzbekistonda bankomatlar ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyilishi mumkin
Texnologiyalar16:19
Oʻzbekistonda robototexnika va mikroelektronikani rivojlantirish dasturlari tayyorlanadi
Texnologiyalar15:30
