Markaziy Osiyoda elektr energiyasi taqchilligi kuchayishi mumkin — EABR
Mintaqa davlatlari 2035 yilgacha umumiy quvvati 35 gigavattdan ortiq boʻlgan quyosh va shamol energetikasi obyektlarini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

EABRning Markaziy Osiyodagi maʼruzasi taqdimotida Sohaviy tahlil markazi rahbari Arman Axunbayev 2030 yilgacha elektr energiyasiga boʻlgan talab 27 foizga oshishini prognoz qildi. U bu oʻsishni sanoatning rivojlanishi, yangi korxonalarning paydo boʻlishi, shaharlarning kengayishi va iqtisodiyotning raqamlashtirilishi bilan bogʻladi.
Bankning fikricha, faqat yangi elektr ishlab chiqarish quvvatlarining oʻzi yetarli boʻlmaydi: tarmoqlarni yangilash, energiyani saqlash tizimlari va zaxira quvvatlari ham kerak boʻladi. Ekspertlar tarmoqlar modernizatsiya qilinmasa va energetika tizimlari muvofiqlashtirilgan holda ishlamasa, isteʼmolning oʻsishi energiya taqchilligi xavfini oshirishidan ogohlantirdi.
Yana oʻqing

Oʻzbekistondagi davlat koʻmagidagi yirik investitsiya loyihalarida mahalliy elektrotexnika mahsulotlaridan foydalanish majburiy boʻladi
Markaziy Osiyo19:19
Oʻzbekiston jamoatchilik diplomatiyasi GPDNet tarmogʻining toʻlaqonli aʼzosiga aylandi
Markaziy Osiyo16:28
