Google AIʼni taqiqlagan maktablar uchun qidiruvni oʻchiradi
Google AIʼni toʻliq taqiqlagan maktablar Google Searchʼdan foydalana olmasligini bildirdi. Bunga qidiruvning AI funksiyalari bilan chambarchas integratsiyalashgani sabab qilib koʻrsatildi.

AQShda Google shu hafta sunʼiy intellekt funksiyalarini bloklayotgan maktablar Google Searchʼdan foydalana olmasligini eʼlon qildi. Kompaniya qidiruv va sunʼiy intellektni bir-biri bilan chambarchas bogʻliq mahsulotlar deb hisoblaydi.
Google maktablar uchun ikki variantni qoldirdi: AI Overviews yoqilgan qidiruv yoki Guided Learning rejimidagi, oʻquvchilarga yoʻnaltirilgan Gemini chat-boti. Avvalroq Nyu-York va Kaliforniyadagi maktab okruglari qurilmalarda AI funksiyalarining bir qismini cheklab, AI Overviewsʼsiz anʼanaviy qidiruvni qaytarishga umid qilgandi.
Qaror AQSh rasmiylari davlat maktablari va bolalar tomonidan AIʼdan foydalanish qoidalarini muhokama qilayotgan bir paytda qabul qilindi. Google, shuningdek, Geminiʼni oʻqituvchilar uchun vosita hamda oʻquvchilar bilan individuallashtirilgan mashgʻulotlar oʻtkazish vositasi sifatida ilgari surmoqda.
Yana oʻqing

Oʻzbekistonda bankomatlar ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyilishi mumkin
Texnologiyalar16:19
Oʻzbekistonda robototexnika va mikroelektronikani rivojlantirish dasturlari tayyorlanadi
Texnologiyalar15:30
