Dushanba, 9-noyabr 2026-yil
Markaziy Osiyo

Xususiy agentliklar xorijda ishga joylashtirilgan har bir fuqaro uchun 1,5 mln soʻmdan oladi

2027-yildan boshlab Oʻzbekiston fuqarolarini xorijda ishonchli tashkilotlar maqomiga ega xususiy bandlik agentliklari ishga joylashtiradi. Yuqori maoshli ishga ega boʻlgan har bir fuqaro uchun agentliklarga 1,5 mln soʻmdan toʻlanadi.

2-noyabr, 16:46По-русски

Read in English

Пресс-служба Президента Республики Узбекистан

Toshkentda mehnat migratsiyasi masalalariga bagʻishlangan yigʻilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev fuqarolarni ishga joylashtirish boʻyicha xususiy xizmatlar bozori oʻsib borayotganini taʼkidladi. Shu bilan birga, uning soʻzlariga koʻra, agentliklar faoliyatida hamon xatolar, korrupsiya va ish izlovchilarni aldash holatlari uchrab turibdi.

Kompaniyalar natijalari xususiy bandlik agentliklari reytingi asosida baholanadi. Koʻrsatkichlar qatoridan mehnat sharoitlarining amaldagi holati eʼlon qilingan shartlarga mosligi, migrantlar huquqlariga rioya etilishi, ish haqi miqdori va ijtimoiy kafolatlar oʻrin oladi.

Xususiy oʻquv markazlariga yosh fuqarolarni kasblar va xorijiy tillarga oʻqitish uchun texnikum binolari bepul beriladi. Xorijdan taklif etilgan oʻqituvchilar va ekspertlarga toʻlovlarni amalga oshirishda ularga 1 foiz miqdoridagi ijtimoiy soliqni qoʻllashga ruxsat beriladi. Mashgʻulotlar uchun olib kiriladigan uskunalar bojxona bojlaridan ozod qilinadi.

Masʼul idoralarga bir oy ichida bandlik sohasini yanada rivojlantirish toʻgʻrisidagi qaror loyihasini tayyorlash topshirildi.

Yana oʻqing