Dushanba, 9-noyabr 2026-yil
Osiyo

Pxenyan Binance kriptobirjasini buzishda ayblovlarni rad etdi

Koreya Mehnat partiyasi MQ boʻlimi mudiri Kim Yo Jong FQBning KXDR Binanceʼga hujumga aloqador degan bayonotini rad etdi. FQBga koʻra, hujumdan soʻng 6 mlrd dollardan ortiq mablagʻ oʻgʻirlangan.

3-noyabr, 12:14По-русски

Read in English

KXDRning Pxenyan shahrida 3 noyabr kuni Koreya markaziy telegraf agentligi Kim Yo Jongning bayonotini eʼlon qildi. Unda u AQSh ayblovlarini siyosiy provokatsiya deb atagan. Uning aytishicha, FQB hech qanday asos boʻlmasa-da, KXDRni «kiberjinoyatchilik bilan shugʻullanuvchi davlat» sifatida koʻrsatishga urinmoqda.

Avvalroq FQB Binanceʼga uyushtirilgan hujum va kriptovalyutada 6 mlrd dollardan ortiq mablagʻ oʻgʻirlanishi ortida KXDR bilan bogʻliq TraderTraitor xakerlar guruhi turganini maʼlum qilgan.

Yana oʻqing