Dushanba, 9-noyabr 2026-yil
Odamlar va madaniyat

Turkiya 15 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochishni taqiqladi

Oila va ijtimoiy siyosat vaziri Mahinur Gʻoktaş bu qarorni bolalar uchun xavfsiz raqamli muhit yaratish yoʻlidagi muhim qadam deb atadi.

2-noyabr, 16:16По-русски

Read in English

Turkiyada 15 yoshdan kichik bolalar ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ocholmasligini belgilovchi qoidalar kuchga kirdi. Platformalar foydalanuvchilarning yoshini tekshirishi, bolalarni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishi va ularga yoshiga mos boʻlmagan kontentga kirishni yopishi shart.

15 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar uchun xizmatlarning alohida versiyalari taqdim etiladi. Ularning profillari sukut boʻyicha yopiq boʻladi, ularga faqat oʻzlari obuna boʻlgan foydalanuvchilar yozishi mumkin. Shuningdek, oʻsmirlar uchun jonli efirlar va cheksiz lenta oʻchirib qoʻyiladi. Oʻsmirlar maʼlumotlaridan maqsadli reklama uchun foydalanish taqiqlanadi.

Ota-onalar nazorat vositalariga ega boʻladi: ular ekran qarshisida oʻtkaziladigan vaqtni cheklashi, geolokatsiya va xaridlarni kuzatishi, shuningdek, xarajatlar limitini belgilashi mumkin.

Mavjud akkauntlar 2027-yil 31-martgacha tekshirilishi kerak. 15 yoshdan kichik bolalarning profillari oʻchiriladi. Talablarni bajarmagan platformalarga internet toʻgʻrisidagi qonun asosida sanksiyalar qoʻllanadi.

Yana oʻqing