Dushanba, 9-noyabr 2026-yil
Xitoy

Xitoyda qayta foydalaniladigan kosmik apparatni sinovdan oʻtkazish rejalashtirilmoqda

Xitoyning CAS Space aerokosmik kompaniyasi Lihong 2 qayta foydalaniladigan apparatining ilk parvozini 2027-yilning birinchi choragida amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

31-oktabr, 18:15По-русски

Read in English

commons.wikimedia.org — 中国新闻社

Sinov apparat taxminan 100 km balandlikdan qaytib, xavfsiz qoʻna oladimi yoki yoʻqmi, shuni koʻrsatishi kerak, deb xabar beradi China Daily.

CAS Spaceʼning Frontier Labs boʻlinmasi ijrochi vitse-prezidenti Wang Yingchengning soʻzlariga koʻra, apparatni loyihalash ishlari yakunlangan, prototipning yer usti sinovlari esa muvaffaqiyatli oʻtmoqda.

CAS Space Lihong 2 apparatini Xitoy Fanlar akademiyasi koʻmagida mustaqil ravishda ishlab chiqmoqda. Uzunligi taxminan 18 metr, diametri 3,35 metr boʻlgan apparat raketa-tashuvchi va foydali yuk modulidan iborat. Uning uchirishdagi massasi qariyb 60 tonnani tashkil etadi.

Yana oʻqing