Qozogʻistonda dekabrdan shaxsiy avtomobil olib kirish qoidalari kuchayadi
Dekabr oxiridan Qozogʻistonda shaxsiy avtomobillarni olib kirishga yangi talablar kuchga kiradi: mashinalar besh yildan eski boʻlmasligi va «Yevro-5» sinfiga mos kelishi kerak.

Qozogʻiston Transport vazirligi shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan avtomobillar, mototsikllar, mopedlar, yuk mashinalari va tirkamalarga qoʻyiladigan talablarni tasdiqladi. Kompaniyalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun alohida qoidalar belgilangan.
Avtoekspert Aleksey Alekseyevning fikricha, oʻzgarishlar narxlarning keskin oshishiga olib kelmaydi, biroq mamlakatda allaqachon taqdim etilgan avtomobillarga talabni oshirishi mumkin. Uning aytishicha, Qozogʻistonda sotilayotgan yangi avtomobillarning qariyb 70 foizi mamlakat ichida ishlab chiqariladi. Shu sababli yangi talablar mahalliy mahsulotlar savdosini qoʻllab-quvvatlashi mumkin.
Yana oʻqing

Oʻzbekistondagi davlat koʻmagidagi yirik investitsiya loyihalarida mahalliy elektrotexnika mahsulotlaridan foydalanish majburiy boʻladi
Markaziy Osiyo19:19
Oʻzbekiston jamoatchilik diplomatiyasi GPDNet tarmogʻining toʻlaqonli aʼzosiga aylandi
Markaziy Osiyo16:28
