Samsung AQShda AMD va Nvidia uchun chip fabrikasi quradi — HBM4 mantiqini ishlab chiqaradi
Sanoat manbalariga koʻra, Samsung Teylordagi Fab 2 ishlab chiqarishining barchasini AMD va Nvidia uchun HBM bazaviy kristallariga ajratgan; hajmning katta qismi AMDga moʻljallangan.

Samsung Electronics 2026-yil noyabrida AQShning Texas shtati Teylor shahrida ikkinchi fabrikani qurishni boshlashni rejalashtirmoqda. Sanoat manbalarining taʼkidlashicha, kompaniya AMD va Nvidia bilan HBM bazaviy kristallarini yetkazib berish boʻyicha kelishuvni yakunlagan, biroq Samsung Fab 2’da ishlab chiqariladigan mahsulotlar nomenklaturasini tasdiqlamagan.
Fab 2 2 nanometr klassidagi texnologik jarayon boʻyicha mikrosxemalar ishlab chiqarishga moslashtiriladi. Uskunalarni oʻrnatish 2029-yil fevralida boshlanishi, ommaviy ishlab chiqarish esa 2030-yilda yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan. Bu kristallar DRAM chiplarining vertikal taxlamasi ostiga joylashtirilib, tezlatkichlar bilan maʼlumot almashinuvini boshqaradi.
Toʻrtinchi avlod HBM uchun bazaviy kristallarga tezlatkichlar arxitekturasiga moslashtirilgan murakkabroq mantiq oʻrnatiladi. Nvidia esa xotira kontrolleri GPUʼdan bazaviy kristallga koʻchiriladigan NVHBM yondashuvini ilgari surmoqda. Ayrim kuzatuvchilarning bahosiga koʻra, bu yondashuv standartga aylansa, Samsungning bunday kristallarni loyihalash va ishlab chiqarishdagi ustunligi susayishi mumkin.
Yana oʻqing

Oʻzbekistonda bankomatlar ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyilishi mumkin
Texnologiyalar16:19
Oʻzbekistonda robototexnika va mikroelektronikani rivojlantirish dasturlari tayyorlanadi
Texnologiyalar15:30
