Dushanba, 9-noyabr 2026-yil
Markaziy Osiyo

«Xalq qurilishi» butun mamlakat boʻylab yoyiladi — Toqayev

Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Joʻmart Toqayev «Xalq qurilishi» loyihasi barcha shahar va tumanlarni qamrab olishini aytdi. 2029 yil oxirigacha unga qariyb 6,5 trln tenge ajratiladi.

3-noyabr, 16:46По-русски

Read in English

Qozogʻiston Prezidenti Temirtauga ish safari chogʻida Qarmet kompaniyasi jamoasi va kasaba uyushmasi bilan uchrashdi. U fuqarolik infratuzilmasini keng koʻlamda yangilash mamlakatning barcha shaharlari va tumanlarini qamrab oladigan umummilliy loyihaga aylanishini maʼlum qildi.

Toqayevning soʻzlariga koʻra, 2027 yil Umumxalq katta qurilishi yili deb eʼlon qilingan. Loyiha doirasida yoʻllar, aeroportlar, vokzallar, elektr stansiyalari, shifoxonalar, maktablar va sport inshootlarini qurish hamda taʼmirlash rejalashtirilmoqda.

Prezident Qarmetning ishlab chiqarish bazasi dasturni amalga oshirishda muhim rol oʻynashini taʼkidladi. Kombinat qurilish va sanoat uchun metall ishlab chiqarmoqda, yangi quyish-prokat majmuasi esa neft, atom energetikasi va mashinasozlik tarmoqlari uchun poʻlat ishlab chiqaradi.

Yana oʻqing