Mirziyoyev TDTga tijoriy ishlar boʻyicha oʻzaro huquqiy yordam toʻgʻrisida shartnoma qabul qilishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlarga tijoriy ishlar boʻyicha huquqiy yordam toʻgʻrisida bitim ishlab chiqishni taklif qildi. Bu bitim sud qarorlarini tan olish va ijro etilishini taʼminlashi, raqamli tizim esa soʻrovlar hamda hujjatlarni almashish imkonini berishi kerak.

Anqarada soʻzlagan Oʻzbekiston prezidenti iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish choralarini belgilab berdi. Takliflar qatorida «Turkiy davlatlar tashkiloti plus» formati ham bor: tarmoq vazirlari savdo, transport va investitsiyalar sohalaridagi qoʻshma loyihalarni tayyorlashda ishtirok etadi.
Shuningdek, Mirziyoyev 100 ta strategik investitsiyaviy va sanoat loyihasini oʻz ichiga olgan «Turkiy dunyo — 100» dasturini taklif qildi. U ustuvor yoʻnalishlar sifatida noyob va strategik minerallarni qayta ishlash, «yashil» energetika uchun uskunalar ishlab chiqarish hamda yuqori daromadli mahsulotlar tayyorlashni qayd etdi.
Boshqa tashabbuslar qatoridan turkiy davlatlarning qoʻshma boshqaruvdagi logistika majmualari tarmogʻini, Turkiy turizm alyansini va fuqarolarning oʻzaro safarlari toʻgʻrisidagi koʻp tomonlama bitimni ham oʻrin oldi. Oʻzbekiston «Yangi Oʻzbekiston» dasturi doirasida grantlar hisobidan 500 nafar xorijiy talabani oʻqitishga moʻljallangan dastur doirasida turkiy davlatlar vakillariga har yili 200 ta taʼlim grantini ajratishga tayyor.
Yana oʻqing

Oʻzbekistondagi davlat koʻmagidagi yirik investitsiya loyihalarida mahalliy elektrotexnika mahsulotlaridan foydalanish majburiy boʻladi
Markaziy Osiyo19:19
Oʻzbekiston jamoatchilik diplomatiyasi GPDNet tarmogʻining toʻlaqonli aʼzosiga aylandi
Markaziy Osiyo16:28
