Oʻzbekistonga pul oʻtkazmalari $15,2 mlrdga yetdi, biroq ularning oʻsishi sekinlashdi
2026 yil yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekistonga $15,17 mlrd miqdorida pul oʻtkazmalari kelib tushdi — bu bir yil avvalgidan 8,9 foiz koʻp. Oʻsish surʼati pasaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki maʼlumotlariga koʻra, 2026 yilning toʻqqiz oyida xorijdan kelib tushgan pul oʻtkazmalari $15,17 mlrdni tashkil etdi. Shu davrda mamlakatdan $1,95 mlrd yuborildi, pul oʻtkazmalarining ijobiy saldosi esa $13,2 mlrdga yetdi.
Kelib tushgan mablagʻlar oʻsishi avvalgi ikki yilga nisbatan sekinlashdi. Shu bilan birga, Oʻzbekistondan yuborilgan pul oʻtkazmalari hajmi deyarli oʻzgarmadi, uchinchi chorakda esa kelib tushgan mablagʻlar yillik hisobda atigi 2,9 foizga oshdi.
2 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev oilalarga yuboriladigan pul oʻtkazmalarining yillik hajmini $50 mlrdga yetkazish vazifasini qoʻydi.
Yana oʻqing

Oʻzbekistondagi davlat koʻmagidagi yirik investitsiya loyihalarida mahalliy elektrotexnika mahsulotlaridan foydalanish majburiy boʻladi
Markaziy Osiyo19:19
Oʻzbekiston jamoatchilik diplomatiyasi GPDNet tarmogʻining toʻlaqonli aʼzosiga aylandi
Markaziy Osiyo16:28
