Xitoy bozori Audiʼga zarba berdi: kompaniya foydasi yetti baravarga kamaydi
Iyul-sentabr oylarida Audi Group 95 mln yevro foyda oldi, oʻtgan yilning shu davrida esa bu koʻrsatkich 718 mln yevroni tashkil etgan. Kompaniya natijalarning yomonlashuviga sabablar qatorida Xitoyda savdolarning pasayishi hamda Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilarining Yevropadagi raqobati kuchayganini keltirdi.

Uchinchi chorakda Audi Group moliyaviy koʻrsatkichlari pasayganini qayd etdi. Avtomobil ishlab chiqaruvchining tushumi 12,8 mlrd yevroni tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 19,5 foizga kamaydi.
Uch oy ichida kompaniya mijozlarga qariyb 320 mingta avtomobil yetkazib berdi. Audi, shuningdek, yilning dastlabki toʻqqiz oyida yetkazib berishlar, tushum va operatsion foyda sezilarli darajada qisqarganini tan oldi hamda uchinchi chorak ayniqsa qiyin kechganini bildirdi.
Yana oʻqing

Yangilangan Zeekr 7X Xitoyda sotuvlar oldidan koʻrindi
Xitoy3-noyabr, 19:10
Xitoyda yarim tonnagacha yuk koʻtara oladigan, toʻrt metrlik ulkan robot yaratildi
Xitoy3-noyabr, 15:47
