Qirgʻiziston prezidenti Japarov energetik ichimliklar ishlab chiqarilishi va Qirgʻizistonga olib kirilishini taqiqlash masalasini koʻrib chiqishni topshirdi
Vazirlar mahkamasiga masalani koʻrib chiqish uchun bir oy, tartibga solish choralarini qabul qilish uchun esa olti oy berildi. Dastlabki baholarga koʻra, taqiq budjetni qariyb 1,5 mlrd som soliq tushumidan mahrum qilishi mumkin

Davlat rahbari topshiriqni ijtimoiy tarmoqda eʼlon qildi. Vazirlar mahkamasiga qonunda nazarda tutilgan tartibga solish choralarini tayyorlash topshirildi.
Japarov tayanib oʻtgan tahlilga koʻra, 2025 yilda energetik ichimliklarning ichki isteʼmoli 54 mln 199 ming litrni tashkil etgan. 2026 yilning birinchi yarmida bu koʻrsatkich 36 mln 83 ming litrgacha oshgan.
2025 yilda mamlakat ichida 25 mln 263 ming litr ichimlik ishlab chiqarilgan. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlaridan import 28 mln 430 ming litrni, uchinchi davlatlardan import esa 1 mln 239 ming litrni tashkil etgan.
Japarov energetik ichimliklarni muntazam isteʼmol qilish qaramlikni shakllantirishi mumkinligini taʼkidlab, kasalliklarning oldini olishga eʼtibor qaratishga chaqirdi. Dastlabki baholarga koʻra, ishlab chiqarish yoki olib kirishni taqiqlash respublika budjetining soliq tushumlarini qariyb 1,5 mlrd somga ($17,15 mln) kamaytiradi.
Yana oʻqing

Oʻzbekiston jamoatchilik diplomatiyasi GPDNet tarmogʻining toʻlaqonli aʼzosiga aylandi
Markaziy Osiyo16:28
Oʻzbekistonda davlat xizmatchilarining korrupsiyaga barqarorligini tekshirish tartibi ishlab chiqildi
Markaziy Osiyo15:51
