Dushanba, 9-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Xbox kompaniyasining sobiq operatsion direktori kutilmaganda ishdan boʻshatilishiga nisbatan «jiddiy eʼtirozlar» bildirdi

Helen Chan Microsoft kompaniyasini ikki haftadan kamroq vaqt oldin — iyul oyida Xbox operatsion direktori lavozimiga tayinlanganidan koʻp oʻtmay tark etdi.

3-noyabr, 13:34По-русски

Read in English

commons.wikimedia.org — Microsoft

U LinkedInʼdagi postida ishdan boʻshatilganini inkor etmadi, biroq bunday qaror sababini oshkor qilmadi.

Chan maxfiy maʼlumotlarni uzatgani va raqib kompaniyaga oʻtgani haqidagi mish-mishlarni, shuningdek, diskriminatsiya, taʼqib, tazyiq, insayder savdosi, mablagʻlarni oʻzlashtirish va firibgarlik haqidagi ayblovlarni rad etdi. Uning soʻzlariga koʻra, Xboxʼdan ketish qarorini u qabul qilmagan.

Chan adolat va hisobdorlik tamoyillari barcha uchun bir xil qoʻllanishi kerakligini aytdi va bu tamoyillar uning holatida qanday qoʻllanganiga shubha bildirdi. Material eʼlon qilingan paytga kelib, Microsoft post yuzasidan izoh soʻrab yuborilgan murojaatga javob bermadi.

Yana oʻqing