Dushanba, 9-noyabr 2026-yil
Markaziy Osiyo

Sadyr Japarov TDT mamlakatlarini energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga chaqirdi

Hozircha Qirgʻiziston mavjud gidroenergetika salohiyatining qariyb 15 foizidangina foydalanmoqda.

31-oktabr, 16:25По-русски

Read in English

commons.wikimedia.org — kremlin.ru

Anqarada boʻlib oʻtgan TDT sammitida Qirgʻiziston prezidenti Sadyr Japarov davlatlarni energetika sohasidagi hamkorlikdagi ishlarni kuchaytirishga, shuningdek, gidroenergetika va qayta tiklanuvchi energiya manbalariga investitsiyalar jalb etishni koʻpaytirishga taklif qildi.

U mumkin boʻlgan loyihalar qatorida Turkiyaning “Ihlas Holding” kompaniyasi ishtirokida Qozarman GESlari kaskadini qurishni tilga oldi. Japarov energetika sektoriga qiziqayotgan investorlarni ham hamkorlikka taklif qildi.

Prezidentning soʻzlariga koʻra, elektr energiyasi taqchilligi 3–4 milliard kilovatt-soatni tashkil etadi. Uning taʼkidlashicha, yangi quvvatlar, jumladan, 1 200 megavatt quvvatga ega Qora-Keche IES ishga tushirilganidan 2–2,5 yil oʻtib, isteʼmolga qoʻyilgan cheklovlarni bekor qilish mumkin.

Yana oʻqing