Oʻzbekistonning har bir hududida yagona migratsiya markazi tashkil etiladi — prezident
2027-yilda Oʻzbekistonning har bir hududi uchun yagona migratsiya markazi tashkil etish rejalashtirilgan; buning uchun har biriga 8 mlrd soʻmdan ajratish koʻzda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyev 2-noyabr kuni oʻtkazilgan yigʻilishda elchixonalar, hokimliklar va taʼlim muassasalarining fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish borasidagi faoliyatini tanqid qildi. U kasbiy tayyorgarlikni xorijiy tillarni oʻrganish bilan bogʻlash va xorijiy ish beruvchilarning talablarini hisobga olish boʻyicha topshiriq berdi.
2026-yilda Germaniya 45 ming nafar mutaxassis uchun ariza yuborgan, biroq atigi 2000 kishini ishga joylashtirishga erishilgan. Buning asosiy sabablaridan biri nemis tilini biladigan nomzodlar yetishmasligi ekani aytildi.
Kelgusi yil 10 ming kishini talab yuqori boʻlgan kasblar va nemis tili boʻyicha tayyorlash, soʻng ularni Germaniyada ishga joylashtirish vazifasi qoʻyildi. Shuningdek, 20 ta texnikum dasturlarini xorijiy kompaniyalar talablariga moslashtirish rejalashtirilmoqda.
Yana oʻqing

Oʻzbekistondagi davlat koʻmagidagi yirik investitsiya loyihalarida mahalliy elektrotexnika mahsulotlaridan foydalanish majburiy boʻladi
Markaziy Osiyo19:19
Oʻzbekiston jamoatchilik diplomatiyasi GPDNet tarmogʻining toʻlaqonli aʼzosiga aylandi
Markaziy Osiyo16:28
