Dushanba, 9-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Oʻzbekistonda kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushi YaIMning 22 foizidan pastladi

2026 yilning toʻqqiz oyida kuzatilmaydigan iqtisodiyot Oʻzbekiston YaIMining 21,8 foizini tashkil etdi, birinchi yarim yillikdagi 22,9 foizdan kamaydi. Uning qoʻshilgan qiymati — 382,7 trln soʻm.

3-noyabr, 16:25По-русски

Read in English

Sultonbek Ikromov, Unsplash

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, yanvar–sentabr oylarida kuzatilmaydigan iqtisodiyot mamlakat YaIMining 21,8 foizini tashkil etgan. Bu koʻrsatkichga uy xoʻjaliklari va jismoniy shaxslarning operatsiyalari, shuningdek, yashirin sektor kiritilgan.

Birinchi yarim yillikda bu ulush 22,9 foizni, 2025 yil yanvar–sentabr oylarida esa 23,9 foizni tashkil etgan. Tarmoqlar orasida qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi 57,6 foiz bilan yetakchilik qilgan. Keyingi oʻrinlarda xizmatlar, qurilish va sanoat tarmoqlari qayd etilgan.

Yilning birinchi yarmiga nisbatan koʻrsatkich qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi, qurilish hamda sanoatda qisqargan. Xizmatlar sektorida esa, aksincha, oʻsish qayd etilgan.

Yana oʻqing