Qosim-Joʻmart Toqayev Rossiyani Turkiy davlatlar tashkilotiga qoʻshishni taklif qildi
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toqayev 30 oktabr kuni Anqarada boʻlib oʻtgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida Rossiyaning tashkilotga «TDT+» formatida qoʻshilishini yoki kuzatuvchi maqomini koʻrib chiqishni taklif qildi.
31-oktabr, 15:21По-русски

commons.wikimedia.org — kremlin.ru
Toqayev Rossiya bilan hamkorlik Turkiy davlatlar tashkilotining xalqaro mavqeini mustahkamlashi mumkin, deb hisoblaydi. U bu gʻoyani Rossiyaning turkiy dunyo bilan tarixiy va til aloqalari bilan bogʻladi, shuningdek, Ostona qoʻllab-quvvatlayotgan «Oltoy — turkiy sivilizatsiya beshigi» loyihasini eslatdi.
Yana oʻqing

Teslaʼning Xitoydagi savdosi 66 foizga kamayib, 2022-yil iyulidan beri eng past darajaga tushdi
Iqtisodiyot15:15
Nurafshondagi Kelajak texnologiyalari markazi kompaniyalari IT Park imtiyozlariga ega boʻladi
Iqtisodiyot15:08
