2027 yilda Buxoro YUNESKO Ijodiy shaharlar tarmogʻining 19-yillik konferensiyasiga mezbonlik qiladi.
2027 yilda Buxoro YUNESKO Ijodiy shaharlar tarmogʻining 19-yillik konferensiyasini qabul qiladi. Markaziy Osiyo, MDH va Turkiy davlatlar tashkiloti uchun bu shunday forumga mezbonlik qiladigan ilk shahar boʻladi.

Forum Buxoroda oʻtkazilishi haqida YUNESKO matbuot xizmati maʼlum qildi. Kun tartibidan ijodiy industriyalarni rivojlantirish, madaniy merosni asrash va undan zamonaviy sharoitda foydalanish, yoshlar hamda ijodiy soha mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda madaniyatning ahamiyati oʻrin oladi.
Uchrashuvni Buxoroda oʻtkazish gʻoyasini 2025 yil oktabrida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan. U bu tashabbusni Samarqandda boʻlib oʻtgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi ochilishida bildirdi.
Tashkilot bahosiga koʻra, faol madaniy hayot shaharning xalqaro miqyosdagi tanilishini kuchaytiradi hamda turizm, bandlik va mahalliy iqtisodiyotning oʻsishi uchun sharoit yaratadi. Merosni himoya qilish, ijtimoiy inklyuziya va ekologik barqarorlik ham ustuvor yoʻnalishlar boʻlib qolmoqda.
Yana oʻqing

Oʻzbekistondagi davlat koʻmagidagi yirik investitsiya loyihalarida mahalliy elektrotexnika mahsulotlaridan foydalanish majburiy boʻladi
Markaziy Osiyo19:19
Oʻzbekiston jamoatchilik diplomatiyasi GPDNet tarmogʻining toʻlaqonli aʼzosiga aylandi
Markaziy Osiyo16:28
