Amerikaning «Teodor Ruzvelt» aviatashuvchi kemasi Hind okeaniga chiqdi
AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining atom energiyasida ishlaydigan «Teodor Ruzvelt» aviatashuvchi kemasi 9 noyabr kuni Singapurni tark etib, Hind okeaniga chiqdi. AQSh Harbiy-dengiz instituti maʼlumotlariga koʻra, kema Yaqin Sharqqa yoʻl olgan va u yerda «Jorj Vashington» aviatashuvchi kemasining oʻrnini egallashi mumkin.

Aviatashuvchi kema tarkibiga «Chosin» raketa kreyseri va ikkita esminets kiradigan guruhga rahbarlik qilmoqda. «Interfaks» instituti maʼlumotlariga tayanib xabar berishicha, guruh hafta oxirigacha AQSh Markaziy qoʻmondonligining masʼuliyat hududiga yetib borishi kutilmoqda.
Arab dengizida ayni paytda «Jorj Vashington» va «Jorj Bush» boshchiligidagi AQShning ikkita aviatashuvchi kemalar guruhi faoliyat yuritmoqda. «Jorj Vashington» 19 avgustdan beri Yaqin Sharqda. «Teodor Ruzvelt» yetib kelganidan keyin u darhol joʻnab ketadimi yoki uchala guruh maʼlum vaqt davomida mintaqada bir vaqtda qoladimi — hozircha nomaʼlum.
Yana oʻqing

Izmirdagi zavoddagi portlashdan soʻng halok boʻlganlar soni 17 nafarga yetdi
Osiyo18:00
Binance: xakerlar kriptodagi 6,3 mlrd dollarni soxta suhbatlar orqali oʻgʻirladi
Osiyo4-noyabr, 11:11
