Sadyr Japarov Qirgʻiziston prezidentligiga nomzodini qoʻydi
Qirgʻiziston prezidenti Sadyr Japarov davlat rahbari lavozimiga oʻzini oʻzi nomzod qilib koʻrsatish uchun ariza berdi. 10-noyabr holatiga komissiyaga olti ariza kelib tushdi.

Qirgʻizistonda Japarov Markaziy saylov va referendumlar oʻtkazish komissiyasiga oʻz nomzodini ilgari surish haqida ariza berdi. U saylovda oʻzini oʻzi nomzod qilib koʻrsatish tartibida qatnashmoqchi.
Japarovdan tashqari, Aymen Kasenov, Azamat Esenbekov, Syymyk Japykeev, Akay Kydyrov va Ishak Masaliyev ham saylovda qatnashish niyatini bildirdi. Nomzodlarni ilgari surish muddati 13-noyabrgacha davom etadi, Qirgʻizistonda prezident saylovi esa 2027-yil 27-yanvarda boʻlib oʻtadi.
Japarov ilk bor 2021-yil 10-yanvarda boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari saylovda 79,2 foiz ovoz olib davlat rahbari etib saylangan. U oʻsha yil 28-yanvarda prezident lavozimiga kirishgan.
U saylangan paytda amalda boʻlgan Konstitutsiya prezidentlik vakolatining olti yillik muddatini belgilagan. 2021-yilda qabul qilingan Asosiy qonun esa besh yillik muddatni va prezident lavozimini koʻpi bilan ikki muddat egallash imkonini nazarda tutadi. Konstitutsiyaviy sud Japarovning olti yillik muddati birinchi muddat sifatida hisoblanishini tasdiqlagan. Boʻlajak saylovda u ikkinchi besh yillik muddat uchun nomzodini qoʻymoqda.



