Seshanba, 10-noyabr 2026-yil
Markaziy Osiyo

Petropavlovskdagi mashhur mudofaa zavodi sotuvga qoʻyildi: u bilan nima boʻlmoqda

Kirov nomidagi zavod aksiyalarining 100 foizi auksionga qoʻyildi. Boshlangʻich narx 9,1 mlrd tenge (taxminan 20,4 mln dollar) etib belgilangan, korxonaning kreditorlik qarzi esa bundan deyarli uch baravar koʻp.

10-noyabr, 17:11По-русски

Zavodga egalik qiluvchi davlat kompaniyasi «Kazakhstan injiniring» sotuvchi sifatida qatnashmoqda. Tengrinews e-Qazyna portalidagi lot hujjatlariga tayanib xabar berishicha, korxona tushumining qariyb 79 foizi harbiy buyurtmalarga toʻgʻri keladi. Zavod, shuningdek, neft-gaz sohasi va temiryoʻllar uchun uskunalar, shuningdek, nazorat-oʻlchov asboblarini ishlab chiqaradi.

27 oktabr holatiga koʻra, zavodning kreditorlik qarzi 24,38 mlrd tenge (taxminan 54,5 mln dollar)ni tashkil etgan. Ushbu summaning 22 mlrd tengedan ortigʻi (taxminan 49 mln dollar) olingan avanslarga toʻgʻri kelgan. Debitorlik qarzi 13,2 mlrd tenge (taxminan 29,5 mln dollar)gacha yetgan. Uning asosiy qismini zavodning oʻzi bergan avanslar tashkil etgan.

2026 yilning birinchi yarmida korxona 659 mln tenge (taxminan 1,47 mln dollar) tushum olgan va 618 mln tenge (taxminan 1,38 mln dollar) miqdorida sof zarar qayd etgan. Zavod hisobotida birinchi yarim yillikdagi zaif natijalar mudofaa buyurtmalari jadvali bilan izohlangan. Asosiy yetkazib berishlar, ularni qabul qilib olish va toʻlovlar odatda noyabr va dekabr oylariga toʻgʻri keladi.

Korxona 1928 yilda Moskvada radio montaj ustaxonasi sifatida faoliyat boshlagan. 1941 yilda u Qozogʻistonning shimoliga evakuatsiya qilingan.

Yana oʻqing