Seshanba, 10-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Oʻzbekiston va Polsha transport-logistika hamkorligini kengaytirmoqda

9 noyabr kuni «Oʻzbekiston temir yoʻllari» va PKP SA yuk hamda multimodal tashuvlar boʻyicha muzokaralardan soʻng hamkorlik memorandumini imzoladi.

10-noyabr, 16:49По-русски

9 noyabr kuni Oʻzbekistonda «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ boshqaruvi raisi Zufar Narzullayev Polsha davlat temir yoʻllari boshqaruvi raisi Alan Berud boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Tomonlar mamlakatlar oʻrtasidagi yuk tashuvlarini kengaytirish, yangi yuk oqimlarini jalb qilish va muntazam konteyner poyezdlarini yoʻlga qoʻyish masalalarini muhokama qildi. Ishtirokchilar raqobatbardosh tariflarni buning shartlaridan biri sifatida qayd etdi.

Tranzit tashuvlar va multimodal logistika zanjirlariga alohida eʼtibor qaratildi. Uchrashuvda Xitoydan Oʻzbekiston orqali oʻtadigan, jumladan, qurilayotgan «Xitoy — Qirgʻiziston — Oʻzbekiston» temir yoʻli yoʻnalishidagi marshrutlar istiqbolda Yevrosiyo boʻylab yuk yetkazib berish muddatlarini qisqartirishi va tranzit uchun yangi imkoniyatlar ochishi mumkinligi taʼkidlandi.

Muzokaralar yakunida «Oʻzbekiston temir yoʻllari» va Polsha davlat temir yoʻllari hamkorlik memorandumini imzoladi. Hujjat yuk va multimodal tashuvlarni kengaytirish, shuningdek, ikki mamlakat oʻrtasidagi transport aloqalarini rivojlantirishni nazarda tutadi.

Yana oʻqing