Seshanba, 10-noyabr 2026-yil
Yaqin Sharq

Saudiya Arabistonining Ormuzni chetlab oʻtuvchi neft quvuri hujumdan keyin ishlashda davom etdi

9 noyabr kuni «Sharq — Gʻarb» neft quvurining Madina yaqinidagi qismiga uyushtirilgan hujumdan soʻng u yerda kichik yongʻin chiqdi. Favqulodda xizmatlar yongʻinni oʻchirdi. Halok boʻlganlar va jabrlanganlar yoʻq, deb maʼlum qildi Saudiya Arabistoni Energetika vazirligi.

10-noyabr, 16:09По-русски

«Sharq — Gʻarb» neft quvuriga Saudiya Arabistonining gʻarbida hujum qilindi. Qirollik Energetika vazirligi maʼlumotlariga koʻra, hodisa quvur ishini izdan chiqarmagan. Idora hujumni kim uyushtirganini aniqlashtirmadi.

Saudiya Arabistoni ushbu neft quvuri orqali neftni Qizil dengiz sohiliga yoʻnaltiradi. U yerdan neftni Ormuz boʻgʻozini chetlab oʻtgan holda olib chiqish mumkin.

Yana oʻqing