Nissan savdo prognozini pasaytirdi va Xitoyda ishlab chiqilgan modellar eksportini kengaytiradi
Nissan avgust oyidan buyon ikkinchi marta moliyaviy yil uchun jahon savdosi prognozini pasaytirib, uni 2,97–3 mln avtomobil darajasida belgiladi. Xitoyda raqobat kuchayib borayotgan bir paytda yapon avtomobil ishlab chiqaruvchisi u yerda ishlab chiqilgan eksport modellarini ikki tadan beshtaga yetkazishni rejalashtirmoqda.

Nissan bosh direktori Ivan Espinosa kompaniya bu modellarni mintaqaviy bozorlarning 12 guruhiga yetkazib berishni rejalashtirayotganini aytdi. Nissan Xitoyning oʻzida avtomobillarni mahalliy talabni hisobga olgan holda ishlab chiqarmoqda. Espinosaning soʻzlariga koʻra, Xitoy texnologiyalaridan foydalanish xarajatlarni qisqartirish va ishlab chiqishni tezlashtirishga yordam bermoqda.
Nissanning moliyaviy yili 2027-yil mart oyida yakunlanadi. Avgust oyida kompaniya savdo prognozini 3,3 mln avtomobildan 3,15 mln avtomobilgacha pasaytirgan, 11-noyabrda esa uni yana qayta koʻrib chiqqan. Nissan bu qarorni Xitoyda talabning susayishi, raqobatning kuchayishi va xaridorlarning yangi energiya manbalarida ishlaydigan avtomobillarga kutilganidan tezroq oʻtayotgani bilan izohladi. Kompaniya yil uchun operatsion foyda va sof pul mablagʻlari pozitsiyasi prognozlarini oʻzgarishsiz qoldirdi.
Ikkinchi moliyaviy chorakda Nissanʼning operatsion foydasi 96 foizga kamayib, 2,1 mlrd iyenaga (taxminan 13 mln dollar) tushdi. Bir yil avvalgi natijani AQShdagi chiqindilar meʼyorlari bilan bogʻliq xarajatlarning qisqarishi qoʻllab-quvvatlagan edi. Choraklik tushum 8,2 foizga oshib, 3,1 trln iyenaga (taxminan 19,5 mlrd dollar) yetdi.
Yana oʻqing

Qozogʻiston Milliy jamgʻarmasi xarajatlari tenge kursiga qanday taʼsir qilishi mumkin
Iqtisodiyot17:59
Nega CPC Blend Brentdan yuqori narxda sotilmoqda va bu Qozogʻistonga nima beradi
Iqtisodiyot15:26
