Venture Global 2027 yil oxiriga qadar LNG eksportida QatarEnergyʼdan oʻzib ketishga umid qilmoqda
Amerikaning Venture Global kompaniyasi yetkazib berish hajmi boʻyicha dunyodagi eng yirik suyultirilgan tabiiy gaz eksportchisiga aylanishni kutmoqda. Kompaniya 2027 yil oʻrtalarida Luizianadagi uchinchi yirik terminalida LNG ishlab chiqarishni boshlashni rejalashtirmoqda.

Venture Global bosh direktori Mayk Seybl Fortune nashriga bergan intervyusida kompaniya Qatarʼning shikastlangan quvvatlari toʻliq tiklangan taqdirda ham Amerikaning Cheniere Energy va Qatarning QatarEnergy kompaniyalaridan oʻzib ketishni kutayotganini aytdi. Fortune maʼlumotlariga koʻra, Plaquemines terminalidan yetkazib berish Qatar eksportining qisqarishini qisman qoplashga yordam bergan. Plaquemines terminalining birinchi bosqichi uzoq muddatli shartnomalar boʻyicha yetkazib berishni 31 oktabrda boshlagan.
Yangi CP2 terminali amaldagi Calcasieu Pass terminali yonida qurilmoqda. Venture Global bahosiga koʻra, kompaniya maydonlarining kengaytirilishini hisobga olganda, uning umumiy eksport quvvati 2030 yilga kelib yiliga 100 mln tonna LNGdan oshadi.
Kompaniya, shuningdek, Luizianadagi boʻsh maydonlar va oʻzining gaz elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlaridan maʼlumotlar markazlarini joylashtirish uchun foydalanishni kutmoqda. Seyblning soʻzlariga koʻra, ular uchun mavjud quvvat 2031 yil oxiriga qadar 5 GVtga, 2034 yilga kelib esa 10 GVtga yetishi mumkin. Maydonlarni umumiy elektr tarmogʻiga ulanmasdan, avtonom ravishda elektr energiyasi bilan taʼminlash rejalashtirilmoqda.
Yana oʻqing

Qozogʻiston Milliy jamgʻarmasi xarajatlari tenge kursiga qanday taʼsir qilishi mumkin
Iqtisodiyot17:59
Nissan savdo prognozini pasaytirdi va Xitoyda ishlab chiqilgan modellar eksportini kengaytiradi
Iqtisodiyot15:42
