Payshanba, 12-noyabr 2026-yil
Markaziy Osiyo

Yangi Toshkentda oʻz hokimiyati tashkil etiladi

Yangi hokimiyat rahbarini Oʻzbekiston prezidenti tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi. Organ tegishli maʼmuriy-hududiy birlik tashkil etilishidan oldin ish boshlaydi.

12-noyabr, 13:16По-русски

Read in English

Bu davlat rahbarining 10 noyabrdagi farmonida belgilangan.

Yangi organning vazifalari: Yangi Toshkent hududini boshqarish, aholiga, shuningdek, ijtimoiy va infratuzilma obyektlariga xizmat koʻrsatish. Bularning barchasi maxsus huquqiy rejim sharoitida amalga oshiriladi.

Farmonda, shuningdek, hokimiyat apparatining namunaviy tuzilmasi hamda ushbu hududda faoliyat yuritadigan davlat organlari va tashkilotlari boʻlinmalarining shtat birliklari soni belgilangan.

Kuch ishlatar va nazorat organlariga Yangi Toshkentda oʻz tuzilmalarini tashkil etish uchun bir oy muddat berildi. Bu Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taalluqli.

Hokimiyat va davlat organlarining hududiy boʻlinmalari ilgari Toshkent viloyati va uning tumanlari hokimiyatlari vakolatiga kirgan masalalarni mustaqil hal qilishi mumkin boʻladi. Bu vakolatlar direksiyaga doimiy foydalanish uchun berilgan yerlarga tatbiq etiladi. Yangi boshqaruv organlari ham oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni mustaqil bajaradi.

Hokimiyatni, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarini saqlash xarajatlarini respublika budjeti qoplaydi.