Payshanba, 12-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

BMB Holding Oʻzbekiston agrar mahsulotlarini Shimoliy Yevropaga yetkazib berishni muhokama qildi

Oʻzbekistonning BMB Holding kompaniyasi va Estoniyaning Operail kompaniyasi mahsulotlarni Estoniya, Finlandiya, Shvetsiya va Norvegiyaga yetkazib berish imkoniyatlarini muhokama qildi.

12-noyabr, 14:45По-русски

Read in English

Muzokaralar 10 noyabr kuni boʻlib oʻtdi. BMB Holding muassislar kengashi raisi Bekzod Mamatqulov Richard Tomingas bilan uchrashdi. Holding xabariga koʻra, tomonlar BMB korxonalari qayta ishlangan qishloq xoʻjaligi xomashyosidan ishlab chiqaradigan mahsulotlarni Estoniyaga yetkazib berish imkoniyatini koʻrib chiqdi.

Finlandiya, Shvetsiya va Norvegiya bozorlariga chiqish uchun uchrashuv ishtirokchilari Estoniyalik hamkorlarning biznes aloqalari va savdo tarmoqlaridan foydalanishni taklif qildi. Operail yuk temiryoʻl tashuvlari, harakat tarkibiga xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash bilan shugʻullanadi.

Tomonlar mumkin boʻlgan qoʻshma loyihalarni moliyalashtirish masalasini ham muhokama qildi.