Payshanba, 12-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Dohada Oʻzbekistonning sunʼiy intellekt va raqamli transformatsiya maqsadlari taqdim etildi

Dohadagi sammitda Oʻzbekistonning raqamli iqtisodiyot va sunʼiy intellektni rivojlantirish, eksportni kengaytirish hamda texnologiyalarni davlat xizmatlariga joriy etish rejalari taqdim etildi.

12-noyabr, 15:14По-русски

Read in English

Taqdimotda mamlakatdagi raqamli islohotlar va 2030 yilgacha moʻljallangan vazifalar haqida soʻz yuritildi. Ustuvor yoʻnalishlar qatoridan sunʼiy intellektdan foydalanib xizmatlar va dasturiy mahsulotlar eksportini oshirish, shuningdek, davlat xizmatlarida sunʼiy intellektdan foydalanish oʻrin oldi.

Shuningdek, sunʼiy intellekt sohasidagi loyihalar natijalari va «Sunʼiy intellekt sohasida besh million lider» tashabbusi taqdim etildi. Ishtirokchilarga aholining sunʼiy intellekt boʻyicha savodxonligini oshirish, milliy superkompyuter infratuzilmasi va maʼlumotlarni qayta ishlash markazlarini rivojlantirish haqida ham maʼlumot berildi.

Sammit doirasida sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish hamda Oʻzbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.