Payshanba, 12-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Microsoft sentabr xavfsizlik yangilanishlari sabab yuzaga kelgan audio nosozliklarini tuzatmoqda

2026-yil 10-noyabrdagi KB5132061 yangilanishi sentabr xavfsizlik yangilanishlaridan keyin yuzaga kelgan USB audio muammolarini bartaraf etadi.

12-noyabr, 14:09По-русски

Read in English

2026-yil 10-noyabrdagi yangilanish Windows 10, Windows 11 va Windows Server 2012 hamda server tizimining undan keyingi versiyalaridagi USB audio qurilmalari bilan bogʻliq muammolarni tuzatadi.

Nosozlik USB Audio Class 1.0 standartidagi qurilmalarga taʼsir qilgan. Ayrim tizimlarda yangilanishlar oʻrnatilgach, qurilmalar ishga tushmagan yoki tovush chiqarmagan. Foydalanuvchilar ovoz balandligini boshqarish elementlari va ovoz sozlamalari ishlamayotgani haqida ham xabar bergan, qurilmalar menejerida esa «Bu qurilmani ishga tushirib boʻlmaydi (10-kod)» xatosi paydo boʻlgan.

Ayrim tizimlarda muammo faqat koʻp kanalli ovozdan, masalan, 3D audio yoki sakkiz kanalli rejimdan foydalanilganda yuzaga kelgan. Bunday alomatlarni bartaraf etish uchun 14-sentabrda rejadan tashqari yangilanishlar chiqarilgan. Qolgan holatlar KB5132061 xavfsizlik yangilanishi va undan keyingi paketlarda tuzatildi.

Kompaniya eng soʻnggi xavfsizlik yangilanishini oʻrnatishni tavsiya qiladi. Noyabr paketini darhol oʻrnata olmaydigan qurilmalar uchun hozircha rasmiy vaqtinchalik yechim yoʻq. Shunga qaramay, ayrim foydalanuvchilar audio rejimini ikki kanalli rejimga oʻtkazib, tovushni qaytargan.

Noyabr yangilanishlari bilan birga 2026-yil oktabrida Windows Server uchun chiqarilgan xavfsizlik yangilanishlari sabab yuzaga kelgan Outlookʼga kirish va Exchange Server serverlarida xatlarni yetkazib berish muammolari ham bartaraf etildi.