Turkiya va Venesuela qoʻshma neft-gaz loyihalarini amalga oshirish imkoniyatini muhokama qildi
Turkiya va Venesuela vazirlari Alparslan Bayraktar va Paula Enao Vera neft-gaz loyihalari, energiya resurslari savdosi hamda oʻzaro investitsiyalarni muhokama qildi.

12 noyabr kuni BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha 31-konferensiyasi (COP31) doirasida Turkiyaning energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslan Bayraktar Venesuelaning uglevodorodlar vaziri Paula Enao Vera bilan uchrashdi.
Bayraktarning aytishicha, tomonlar, avvalo, neft va tabiiy gaz qazib olish sohasidagi hamkorlikni koʻrib chiqdi. Turkiya Venesuela bilan hamkorlik salohiyatini aniq energetika loyihalariga aylantirish ustidagi ishlarni davom ettirmoqchi. Ankara buni uglevodorodlarni qidirish va qazib olish sohasidagi xalqaro tashabbuslar portfelini diversifikatsiya qilish bilan bogʻlamoqda.
Loyihalarni amalga oshirish muddatlari, ehtimoliy investitsiyalar hajmi va boshqa parametrlarga aniqlik kiritilmagan.



