Payshanba, 12-noyabr 2026-yil
Markaziy Osiyo

Oʻzbekiston va Tojikiston yuk tashish tartib-taomillarini tezlashtiradi

Oʻzbekiston va Tojikiston yuk tashish hamda eksportni tezlashtirish choralarini koʻrishga kelishdi. Tomonlar yigʻimlar, temiryoʻl yuklarini tushirish va chegara ishini muhokama qildi.

12-noyabr, 17:20По-русски

Read in English

11 noyabr kuni Oʻzbekistonda transport vaziri Ilhom Mahkamov Tojikistonning Iqtisodiy taraqqiyot va savdo vaziri oʻrinbosari Ruhshona Nasriddinzoda boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Ishtirokchilar transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va mamlakatlar oʻrtasidagi yuk tashish hajmining oshishini muhokama qildi.

Tomonlar eksport va tranzit tartib-taomillarini soddalashtirish masalasini alohida koʻrib chiqdi. Xususan, Oʻzbekistondan Tojikistonga qurilish materiallarini avtomobil orqali yetkazib berish uchun undiriladigan yigʻimlarni maqbullashtirish haqida soʻz bordi.

Uchrashuv ishtirokchilari, shuningdek, Tojikistonga temiryoʻl orqali yuborilayotgan eksport yuklarini tushirishni tezlashtirish hamda chegara nazorat-oʻtkazish punktlarining oʻtkazish qobiliyatini oshirishni muhokama qildi. Muzokaralar yakunida tomonlar Oʻzbekistondan eksportni oshirish va tashuvchilar uchun toʻsiqlarni bartaraf etish choralarini eng qisqa muddatlarda amalga oshirishga kelishib oldi.