Juma, 13-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Eron gaz tashuvchi kema minaga urilib portlaganini maʼlum qildi

Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi (IIQK) kema Ummon qirgʻoqlari yaqinida Tehron maʼqullamagan yoʻnalish boʻylab harakatlanganini bildirdi.

13-noyabr, 16:00По-русски

Read in English

IIQK bayonotiga koʻra, gaz tashuvchi kema suyultirilgan tabiiy gaz olib ketayotgan boʻlgan va xavf haqida bir necha bor ogohlantirilganiga qaramay, boʻgʻozdan oʻtishga uringan.

Kema Ummon qirgʻoqlari yaqinidagi janubiy yoʻnalish boʻylab harakatlangan. Tehron bu yoʻnalishdan foydalanishni maʼqullamaydi va avval ham u bilan bogʻliq xavflardan ogohlantirgan.

Eron harbiylari, shuningdek, Ormuz boʻgʻozi ularning kuzatuvi va nazorati ostida qolayotganini maʼlum qildi.

Xabarda kemaning nomi, kimga tegishliligi, ekipaj soni va portlashning ehtimoliy oqibatlari aniqlashtirilmagan. Hodisa tafsilotlari hozircha mustaqil ravishda tasdiqlanmadi.