Juma, 13-noyabr 2026-yil
Madaniyat

Mahalladan katta sahnaga: Xanda 30 mln soʻmgacha sovrinli «Boʻlajak soʻz ustasi» tanlovini eʼlon qildi

Xanda ijodiy uyushmasi Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi koʻmagida «Boʻlajak soʻz ustasi» respublika koʻrik-tanlovini eʼlon qildi. Tanlovning asosiy maqsadi — mahallalardagi isteʼdodli yumoristlarni topish va ularni katta sahnaga olib chiqish.

13-noyabr, 18:24По-русски

Read in English

Творческое объединение Handa

Har bir yoʻnalish boʻyicha final gʻoliblariga 30 mln soʻmgacha pul mukofoti beriladi. Arizalar 20 noyabrgacha qabul qilinadi. Ishtirokchilar 15 yoshdan 35 yoshgacha boʻlishi kerak.

Tanlov oʻzbek yumorining anʼanaviy va zamonaviy janrlarini birlashtiradi:

— Askiya (jamoaviy chiqishlar) — Qiziqchilik (yakka tartibdagi va jamoaviy chiqishlar) — Stendap (yakka tartibdagi chiqishlar) — Xalqaro yoʻnalish (yakka tartibdagi va jamoaviy chiqishlar)

Tanlov toʻrt bosqichda oʻtkaziladi. Birinchi bosqich bevosita mahallalarda, istagan har kim sahnaga chiqishi mumkin boʻlgan «Ochiq mikrofon» kechalarida boʻlib oʻtadi. Eng yaxshi ishtirokchilar tuman (shahar) bosqichiga, keyin hududiy bosqichga yoʻl oladi, kuchlilar esa respublika finalida bellashadi. Shu tariqa oʻz isteʼdodini butun mamlakatga namoyish etish imkoniyatiga ilgari faqat qarindoshlari va qoʻshnilari oldida chiqish qilganlar ham ega boʻladi.

Respublika bosqichining har bir yoʻnalishida gʻoliblarga pul mukofotlari beriladi: birinchi oʻrin uchun 30 mln soʻm, ikkinchi oʻrin uchun 20 mln soʻm va uchinchi oʻrin uchun 10 mln soʻm.

Roʻyxatdan oʻtish 20 noyabr kuni soat 23:59 gacha davom etadi. Arizani xanda.uz sayti yoki @xandatanlovlarbot Telegram-boti orqali topshirish mumkin.