Juma, 13-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Apple 299 dollarlik HomeView aqlli displeyini yetkazib berishni boshladi

Avstraliya va Yangi Zelandiyadagi ilk xaridorlar 7 dyuymli ekran, kamera va Siri ovozli yordamchisiga ega uy displeyi — Apple HomeViewʼni ola boshladi.

13-noyabr, 15:29По-русски

Read in English

HomeView savdolari 13-noyabrda boshlanadi. Apple qurilmani oktabr oyida aqlli uyni boshqarish markazi sifatida taqdim etgan edi. U orqali mos keluvchi qurilmalarni yoqish, videomuloqot qilish, musiqa tinglash, video tomosha qilish, shuningdek, taqvim yoki ob-havo maʼlumotlarini tekshirish mumkin.

HomeView ovoz va yuz orqali oilaning olti nafargacha aʼzosini taniy oladi va har biriga shaxsiy maʼlumotlarni koʻrsatadi. Displeyda Appleʼning oldindan oʻrnatilgan ilovalari va iPhoneʼdagi vidjetlarni qoʻllab-quvvatlash funksiyasi mavjud. Qurilmaning oʻz App Storeʼi yoʻq.

Apple akustik taglikka ega stol usti versiyasini hamda devorga oʻrnatiladigan modelni taklif qilmoqda. Devorga oʻrnatiladigan versiya uchun moslama alohida sotiladi. HomeViewʼning AQShdagi boshlangʻich narxi 299 dollarni tashkil etadi.