BYD flagman elektr yoʻltanlamasi gʻildiraklarini oʻrnatishda xato qilganini tan oldi
BYD Great Tang elektr yoʻltanlamalarining bir qismida keng va tor gʻildiraklar adashtirib oʻrnatilgani uchun uzr soʻradi. Kompaniya xatoni bartaraf etgani va disklarni bepul almashtirishini bildirdi.

Xitoylik avtomobil ishlab chiqaruvchi BYD Great Tang egalari shikoyatlaridan soʻng Weiboʻda uzr soʻradi. Avtomobillarning bir qismida orqa oʻq uchun moʻljallangan keng disklar old tomonga, torroq old disklar esa orqa tomonga oʻrnatilgan.
Kompaniya tekshiruv boshladi va xatoni Xubey provinsiyasida gʻildirak uzellarini yigʻadigan yetkazib beruvchi bilan bogʻladi. BYD nosozlik allaqachon bartaraf etilganini, yetkazib beruvchi esa ishlab chiqarish liniyasida qoʻshimcha vizual nazorat joriy qilganini bildirdi. Kompaniya bahosiga koʻra, disklarning notoʻgʻri oʻrnatilishi xavfsizlikka tahdid tugʻdirmagan.
Avtomobil egalarining disklari bepul almashtiriladi. Taʼmirlash vaqtida BYD vaqtincha foydalanish uchun avtomobil taklif qiladi yoki transport xarajatlarini qoplaydi, shuningdek ularning Great Tang avtomobillari uchun kafolat muddati yangidan hisoblanadi.
BYD elektr yoʻltanlamasni mart oyida taqdim etdi. Uning narxi taxminan 40 000 dollardan boshlanadi, Xitoyda esa model 150 000 ta buyurtma oldi. Kompaniya Great Tangʻni Xitoydan tashqaridagi Yevropa va Osiyo bozorlariga shu yil oxirigacha yoki 2027 yil boshida olib chiqishni rejalashtirmoqda.



