MAGATE Eronda 400 kg dan ortiq boyitilgan uranning qayerdaligini bilmaydi
MAGATE inspeksiyalarni imkon qadar tezroq qayta boshlashni nihoyatda muhim deb hisoblaydi.
Bu haqda Venada eʼlon qilingan tashkilotning texnik hisobotida aytiladi, deb xabar bermoqda «Interfaks».
Agentlik harbiy maqsadlarda ishlatilishi ehtimoli boʻlgan yadro materiallari haqidagi maʼlumotlarning yoʻqligidan jiddiy xavotir bildirdi. Eron, shuningdek, zarur tekshiruvlarni oʻtkazish uchun inspektorlarga obyektlarga kirish imkonini bermayapti.
MAGATE AQSh va Isroilning Eron yadroviy obyektlariga bergan zarbalari misli koʻrilmagan vaziyatni yuzaga keltirgani va xalqaro nazoratni murakkablashtirganini taʼkidladi.
Agentlik inspeksiyalarni imkon qadar tezroq qayta boshlash va yadro materiallarining qayerdaligini aniqlash zarur deb hisoblaydi.
Shu bilan birga, uran zaxiralari haqidagi maʼlumotlarning yoʻqligi ularning yadro quroli yaratish uchun ishlatilganini anglatmaydi.



