Juma, 13-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Tramp Tim Kukni Jensen Huangning ehtimoliy vorisi deb atadi

AQSh prezidenti Donald Tramp Apple direktorlar kengashi raisi Tim Kukni Jensen Huang isteʼfosidan soʻng Nvidia rahbari lavozimiga koʻrib chiqishni taklif qildi.

13-noyabr, 11:37По-русски

Read in English

AQSh prezidenti Donald Tramp payshanba kuni Truth Socialʼda Jensen Huangning oʻrnini faqat bir kishi egallashi mumkinligini yozdi — u Apple direktorlar kengashi raisi Tim Kuk. Tramp bu ehtimoliy almashtirishni «afsona oʻrniga afsona» deb atadi, biroq Kuk rasman nomzod qilib koʻrsatilgani yoki tayinlash jarayoni boshlanganini maʼlum qilmadi.

Kuk 2026-yil 1-sentabrda kompaniyaga 15 yil rahbarlik qilganidan soʻng Apple bosh direktori lavozimini tark etdi. Uning oʻrnini Jon Ternus egalladi, Kuk esa direktorlar kengashining ijrochi raisi lavozimiga oʻtdi. U Apple faoliyatidagi ishtirokini, jumladan, turli mamlakatlar siyosatchilari bilan aloqalar va kompaniyaning xalqaro munosabatlarini, shu qatorda Xitoy bilan aloqalarini boshqarishni davom ettirdi.

Kukni ehtimoliy nomzodlar qatorida tilga olgan yagona shaxs Tramp boʻlmadi. Yel menejment maktabining rahbarlik masalalari boʻyicha katta dekan oʻrinbosari Jeffri Sonnenfeld chorshanba kuni Time jurnalida shu taklif ilgari surilgan mualliflik maqolasini eʼlon qildi. U Apple asoschisi Stiv Jobsdan keyin kompaniyaga rahbarlik qilgan Kukning tajribasini qayd etdi.