Juma, 13-noyabr 2026-yil
Siyosat

Oʻzbekiston va Belgiya Afgʻonistondagi vaziyatni muhokama qildi

Oʻzbekiston prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Belgiya elchisi Mattias Kende bilan uchrashdi. Tomonlar vaziyat va hamkorlikni muhokama qildi.

13-noyabr, 14:48По-русски

Read in English

Suhbatdoshlar Afgʻonistondagi joriy vaziyatni hamda ushbu mamlakat bilan bogʻliq ikki tomonlama hamkorlikning ayrim masalalarini koʻrib chiqdi.

Kende Oʻzbekistonning Afgʻoniston boʻyicha muvofiqlashtirilgan mintaqaviy pozitsiyani shakllantirish borasidagi saʼy-harakatlarini qayd etdi. Uchrashuv yakunida tomonlar Toshkent va Bryussel oʻrtasidagi amaliy muloqotni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.