Juma, 13-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Ozarbayjon yangi konlar hisobiga Yevropa Ittifoqiga gaz yetkazib berishni oshirishga umid qilmoqda

Ozarbayjon yangi konlar va gaz quvurlarining oʻtkazuvchanlik quvvatini kengaytirish hisobiga Yevropa Ittifoqiga gaz eksportini oshirmoqchi. Bu haqda mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev maʼlum qildi.

13-noyabr, 15:18По-русски

Read in English

Aliyev 12 noyabr kuni Dublinda boʻlib oʻtgan Yevropa siyosiy hamjamiyati sammiti doirasidagi energetika boʻyicha davra suhbatida soʻzga chiqdi. Uning soʻzlariga koʻra, 2022 yilda Yevropa Ittifoqi bilan energetik hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolanganidan keyin Ozarbayjon gazining YIga yetkazib berish hajmi 8 mlrd kub metrdan 13 mlrd kub metrgacha oshgan. Mamlakat gaz eksportining qariyb yarmi Yevropa Ittifoqiga toʻgʻri keladi.

Prezidentning soʻzlariga koʻra, Bokudan Italiyagacha boʻlgan yoʻnalish hozir toʻliq band. Ushbu yoʻnalish orqali Ozarbayjon gazi YIga aʼzo oʻnta davlatga, jumladan, Bolgariyadagi tutashtiruvchi gaz quvurlari orqali yetkazib beriladi. Aliyev yetkazib berishni bundan buyon ham oshirish uchun yoʻnalishning oʻtkazish quvvatini kengaytirish zarurligini aytdi.

Yoʻnalishning Yevropadagi qismi — Transadriatika gaz quvurining (TAP) oʻtkazish quvvati yiliga 10 mlrd kub metrdan 11,2 mlrd kub metrgacha oshirildi. TAP operatori yiliga qoʻshimcha 1,2 mlrd kub metr quvvat 2026 yil boshidan mavjud ekanini tasdiqladi. Eksportning yangi maqsadli hajmi va unga erishish muddati Aliyevning chiqishi haqidagi xabarda koʻrsatilmagan.