Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

2027-yildan mol-mulk va yer soliği imtiyozlari qaysi yuridik shaxslarga beriladi?

2027-yil 1-yanvardan yuridik shaxslar 2026-yil natijalariga koʻra mol-mulk va yer soliqlarida imtiyoz qoʻllashi mumkin: daromad imtiyoz summasidan yuqori, ish haqi — 2 MROTdan, xodimlar — 3 kishidan.

24-noyabr, 11:58По-русски

Read in English

Tovar va xizmatlarni sotishdan olingan jami daromad berilgan soliq imtiyozi summasidan oshishi kerak. Har bir xodimga hisoblangan oylik ish haqi oyiga 2 MROTdan kam boʻlmasligi, xodimlar soni esa kamida 3 kishi boʻlishi lozim.

Bu talablar toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalar kiritilgan yuridik shaxslarga, notijorat va budjet tashkilotlariga, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchilariga, shuningdek, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa toifalarga tatbiq etilmaydi. Shartlar Soliq kodeksining 75-moddasida belgilangan.