Juma, 27-noyabr 2026-yil
Madaniyat

Oʻzbekiston yirik Gollivud kinoloyihalaridan birini qabul qilishi mumkin

Oʻzbekistonda Country Placement dasturi doirasidagi ilk yirik Gollivud loyihalaridan biri va taniqli aktyorlar ishtirokidagi sarguzasht blokbasterini suratga olish imkoniyati muhokama qilindi.

27-noyabr, 12:29По-русски

Read in English

gov.uz

Oʻzbekistonda mamlakatning xalqaro kinoindustriyadagi ishtirokini kengaytirish va yirik xorijiy loyihalarni suratga olish masalalari muhokama qilindi. Bu jarayonga amaliy koʻmakni Oʻzbekiston Milliy kinematografiya komissiyasi koʻrsatadi.

Tomonlar, shuningdek, dunyoga mashhur aktyorlar ishtirokidagi sarguzasht blokbasterini suratga olish istiqbollarini koʻrib chiqdi. Kutilishicha, kinoloyihalar mamlakatning tarixiy-madaniy merosi, tabiiy manzaralari va turizm imkoniyatlarini jahon sahnasida namoyish etishga yordam beradi.

Amerikalik prodyuser Larri Kasanoff TMTYa-2026 doirasidagi «Kino va turizm: yangi turistik yoʻnalishlarni yaratish» sessiyasida ham soʻzga chiqdi. U xorijiy suratga olish guruhlarini jalb etish va kino turizmini rivojlantirish haqida gapirdi.

Kasanoff Gollivud kinoindustriyasida 35 yildan ortiq ishlagan. U Threshold Entertainment Group kompaniyasiga rahbarlik qiladi, «Mortal Kombat» franshizasini yaratgan va Jeyms Kemeron bilan birga Lightstorm Entertainment kompaniyasini tashkil etishda qatnashgan. Prodyuser «Terminator 2: Qiyomat kuni» va «Haqiqiy yolgʻon» filmlari ustida ham ishlagan.