Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Oʻzbekiston Germaniyaning Fraunhofer-Gesellschaft tashkiloti bilan hamkorlikni boshladi

Toshkentda toʻrt tashkilot amaliy tadqiqotlar va ishlanmalarni sanoatga joriy etish boʻyicha hamkorlik memorandumini imzoladi.

20-noyabr, 16:41По-русски

Read in English

gov.uz

18 noyabr kuni Oʻzbekistonning Toshkent shahrida Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, Fraunhofer-Gesellschaft va Project M Foundation toʻrt tomonlama oʻzaro anglashuv memorandumini tuzdi.

Hujjat amaliy tadqiqotlar va ishlanmalarni sanoatga joriy etish sohalarida hamkorlikni nazarda tutadi. Hamkorlik boshlanganini Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti maʼlum qildi.

Fraunhofer-Gesellschaft — sanoat korxonalari bilan birga yangi mahsulotlar va tajriba namunalarini yaratadigan, shuningdek, texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etishga tayyorlaydigan Germaniya tashkiloti. Uning tarkibiga 74 ta institut va mustaqil tadqiqot boʻlinmalari kiradi, ularda 30 mingdan ortiq kishi ishlaydi. Tashkilotning yillik budjeti 3,6 mlrd yevroga baholanadi.

Fraunhofer tarmogʻi olimlari, xususan, MP3 audioformatini ishlab chiqishda qatnashgan. Xabarda tashkilotning 2014 yilgi faoliyati natijalari ham keltirilgan: 1,1 mlrd yevro davlat mablagʻi hisobidan u 20,1 mlrd yevrolik qoʻshimcha qiymat yaratilishini taʼminlagan.