Misrda benzin tashuvchi sisterna avariyasida kamida 31 kishi halok boʻldi
Misrning Varak hududida benzin tashuvchi sisterna avariyasida kamida 31 kishi halok boʻldi. Prokuratura tergov boshladi, ayrim qurbonlar DNK orqali aniqlanmoqda.

Avariya chorshanba kuni Misrning Varak hududida yuz berdi. Hodisa joyiga 39 ta tez yordam mashinasi yuborildi, jabrlanganlar yaqin tibbiyot muassasalariga yotqizildi, dedi Misr sogʻliqni saqlash vaziri Xolid Abdel Gʻaffor.
Halok boʻlganlar ogʻir kuyishlar olgani sababli ularning shaxsini aniqlash uchun DNK testlari oʻtkazilmoqda. Prokuratura avariya holatlarini tergov qilishni boshladi.
Misr prezidenti Abdel Fattah as-Sisi halok boʻlganlar va jabrlanganlar oilalariga hamdardlik bildirdi hamda idoralarga ularga zarur yordam koʻrsatishni topshirdi. Italiya tashqi ishlar vaziri Antonio TayanI va Jazoirning Misrdagi elchisi Mohamed Sufian Berrah ham halok boʻlganlar oilalariga birdamlik bildirdi.



