Yangi «Amerikalik psixopat» versiyasining kelajagi noaniq
Rejissyor Luka Guadagnino «Amerikalik psixopat»ning yangi versiyasini hozircha suratga olishni rejalashtirmayotganini aytdi, biroq loyihani tark etgan-etmaganini aniqlashtirmadi.

Guadagnino Crew Call podkastida film ustidagi ishlar toʻxtab qolganini aytdi. U Scott Z. Burns ssenariysi oʻziga yoqqanini, ammo yaqin orada suratga olishni boshlamasligini taʼkidladi.
Rejissyor bu loyihadan butunlay ketganini yoki shunchaki film ustida ishlashga vaqti yoʻqligini aniqlashtirmadi. Lionsgate avvalroq romanning yangi talqinini eʼlon qilgan, u 2000-yilda Christian Bale ishtirokida suratga olingan filmning remeyki boʻlmasligi kerak edi.
Loyiha aktyorlari tarkibi hali eʼlon qilinmagan. Patrick Bateman roli uchun ehtimoliy nomzodlar orasida Jacob Elordi, Austin Butler, Drew Starkey va Patrick Schwarzenegger tilga olingan. Shuningdek, ayol qahramon va Margot Robbie nomzodi ishtirokidagi variant ham muhokama qilingan.
Yana oʻqing

Oʻzbekiston yirik Gollivud kinoloyihalaridan birini qabul qilishi mumkin
Madaniyat12:29
Xorijiy OAV Oʻzbekiston pavilonini Venetsiya biennalesining eng yaxshilari qatoriga kiritdi
Madaniyat26-noyabr, 16:33
